Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayat Shamsutdinov.
Qayd etilishicha, tumanning “Abodon” ko‘chasida yashovchi 51 yoshli erkak va uning 2 farzandi, 12 yoshli qizi va 11 yoshli o‘g‘li o‘z xonadonida gazdan zaharlanib vafot etgan. .
Tekshiruv davomida marhum yashagan xonadonda nostandart qo‘lda isitish pechidan foydalanilgani aniqlangan.
Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.