Titan loyihasi ustida 10 yil ishlagandan soʻng, kompaniya sunʼiy intellekt foydasiga undan voz kechishga qaror qildi.
Bu xabarga boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning bosh direktorlarining fikrlari:
— Li Xiang (Li Auto): “Bu mutlaqo toʻgʻri strategik tanlov, chunki agar sunʼiy intellekt sohasida muvaffaqiyatga erishilsa, “Apple” kapitallashuvi 10 trillion dollarga yetishi mumkin”.
— Ley Jun (Xiaomi): “Men bu yangilikni koʻrib hayratda qoldim. Biz “Xiaomi”dagilar mashina yaratishning murakkabligini yaxshi bilamiz”.