Ozarbayjonning ishg‘oldan ozod etilgan Qorabog‘ hududidagi Xo‘jali shahri markazida olib borilgan yirik restavratsiya va qurilish ishlari doirasida qiynab o‘ldirilgan ko‘plab odamlarning qoldiqlari topildi. Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joyiga mamlakat Bosh prokuraturasining professional xodimlari, Sog‘liqni saqlash vazirligining Sud-tibbiyot ekspertiza va patologik anatomiya birlashmasi yuristi, Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi, Mahkumlar va bedarak yo‘qolgan, garovga olingan fuqarolar bo‘yicha davlat komissiyasining xodimlari va Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi ma’sullari jo‘natilgan.