Prezident imzolagan Qonun (OʻRQ-910-son, 20.02.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlari ustidan tadbirkorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilishiga doir cheklovlar bekor qilindi hamda sudga shikoyat qilish imkoniyatlari kengaytirildi.
Shuningdek “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlarga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va OAVlarda bu haqda eʼlon berish talabi bekor qilindi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.