O‘zbekiston parlament delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi

O‘zbekiston parlament delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi

Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi delegatsiya 19-20 fevral kunlari RFda bo‘ladi.

Delegatsiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin va Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashadi.

Tashrif davomida Qonunchilik palatasining Davlat dumasi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyaning birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi.