Hisobotda qayd etilishicha, Eron bu miqdordagi boyitilgan uran bilan bir hafta ichida bitta, bir oy ichida esa jami oltita yadroviy qurolni ishlab chiqarish salohiyatiga ega.
Tadqiqot mualliflariga koʻra, Tehronning Gʻarb bilan munosabatlari yomon boʻlgan bir paytda yadroviy qurol salohiyatga egaligi har qachongidan ham xavfli hisoblanadi.