O‘zbekiston rad javobini olish bo‘yicha Markaziy Osiyoda eng yomon ko‘rsatkichga ega.
AQSh 2023-yilga mo‘ljallangan B1/B2 toifali noimmigratsion vizalarni berishni rad etish bo‘yicha rasmiy statistika ma’lumotlarini e’lon qildi.
Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-moliya yilida (2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil 30 sentabrgacha bo‘lgan davr) O‘zbekistondan murojaat qilganlarning qariyb 60 foizi rad etilgan.
Ta’kidlash joiz, viza rad etish darajasi B vizasiga ariza topshirganlar soniga nisbatan hisoblanadi.
2023-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida viza rad qilish ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘lgan:
– O‘zbekiston – 59,56 foiz;
– Tojikiston – 54,96 foiz;
– Turkmaniston – 51,10 foiz;
– Qozog‘iston – 41,93 foiz;
– Qirg‘iziston – 41,54 foiz.
Dunyo bo‘yicha fuqarolari eng ko‘p rad javobini olgan davlatlar:
– Mikroneziya, Palau va KXDR – 100 foiz;
– Liberiya – 78,19 foiz;
– Laos – 72,79 foiz;
– Ruanda – 71 foiz;
– Somali – 69,89 foiz;
– Jibuti – 68,37 foiz;
– Nikaragua – 65,6 foiz.
Fuqarolari eng kam rad javobini olgan davlatlar:
– Qatar – 2,53 foiz;
– Urugvay – 3,21 foiz;
– Isroil – 3,3 foiz;
– Kuvayt – 3,96 foiz;
– Lyuksemburg – 4,22 foiz;
– Sulaymon orollari – 4,35 foiz;
– Malayziya – 4,43 foiz;
– Kipr – 4,48 foiz;
– Islandiya – 4,54 foiz.