Xonanda Maykl Jekson haqidagi biografik film 2025 yil 18 aprelda kinoteatrlarda namoyish etiladi. Bu haqda TASSS Variety jurnaliga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, “Maykl” filmini suratga olish ishlari 22 yanvar kuni boshlanadi. Xonanda rolini uning jiyani Jafar Jekson ijro etadi.
Film rejissyori Antuan Fuku. U Qirol Artur (King Arthur, 2004), «Trenirovka kuni» (Training Day, 2001), «Mergan» (Shooter, 2007) kabi filmlarni suratga olgan.