Bodrum Mug’laning eng ko‘zga ko‘ringan viloyati bo’lish bilan bir qatorda Turkiyaning eng afsonaviy dam olish maskanlaridan biridir. Bodrumda ko‘m-ko‘k va tiniq dengizlari bilan mashhur ko’rfazlar joylashgan bo‘lib, jami 11 hududda 65 ta ko’k bayroqli xususiy yoki jamoat plyajlari mavjud.
Turkiyaning adrenalinga boy suv sporti manzillari
Turkiyaning O’rta yer dengizi va Egey sohillari yilning istalgan vaqtida tashrif buyuruvchilarni ko’k bayroqli sohillarda dam olishga, qadimiy shaharlarni kezishga va noyob oshxonaning jo’shqin ta’midan bahramand bo’lishga taklif qiladi. Bundan tashqari, Turkiyaning Riviera va Egey dengizi mintaqalari ochiq havoda dam olish uchun eng yaxshi yo’nalishlar qatoriga kiradi. Osmonda adrenalinga boy mashg’ulotlardan tortib dengiz ekskursiyalarigacha bo’lgan turli xil ochiq sport turlari bilan bu yo’nalishlar mehmonlarga har qadamda ochiq havoda qiziqarli sarguzashtlarni o’tkazishga imkon beradi.
Tabiat mo‘jizasi — Fethiye
Marmaris — Turkuaz marvaridi
Ko‘m-ko‘k, turkuaz va moviy ranglar qorishmasidan iborat nafis dengizi va qo‘l tegmagan qo’ltiqlari bilan mashhur bo‘lgan Marmaris Turkiyaning eng ko’p afzal ko‘rilgan shohona dam olish maskanlaridan biridir. Quyida siz uchun darhol borib ko‘rishni istaydigan Marmaris ko’rfazlarining ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.
Yozgi ta’tilni Antaliyada o’tkazish uchun 10 ta sabab
Yillar davomida Turkiyaning eng mashhur dam olish maskanlaridan biri bo’lgan Antaliya har xil yoshdagi mahalliy va xorijiy sayyohlarning e’tiborini tortmoqda. Turkiyada yozgi ta’til deganda aqlga keladigan birinchi yo’nalishlardan biri bo’lgan shahar, deyarli har bir sayyohning ideal dam olish umidlarini qondiradigan imkoniyatlarni taqdim etishi uchun munosib obro’ga ega.
Madaniy merosi, ajoyib plyajlari va yuqori xizmat ko’rsatish standartlarini taklif etuvchi mehmonxonalar bilan unutilmas dam olishni istagan ko’plab sayohatchilar birinchi navbatda Antaliya dam olish maskanlariga murojaat qilishadi. Yozgi ta’tilni Antaliyada o’tkazish uchun yuzlab sabablar bo’lishi mumkin, ammo Turkiyaning jannati sifatida ushbu nomga sazovor bo’lgan 10 ta asosiy sababni sanab o’tish mumkin.
Turk Rivierasida «caretta caretta mavsumi» boshlandi
Har bahorda betakror Turk Rivierasining oltin tusli plyajlari caretta carettalarning (dengiz toshbaqalari) kelishini kutib oladi. Dengiz toshbaqalarining eng ko’p uya quradigan plyajlari Turkiyaning O’rta yer dengizi sohillarida bo’lib, 22 ta plyajga yuzlab caretta carettalar in qurish uchun keladi. Keling, caretta carettaning Turkiya qirg’oqlariga qilgan fantastik sayohatlarini va bu ajoyib dengiz jonzotlarining noyob nasllarini himoya qilish uchun Turkiya tomonidan amalga oshirilgan qat’iy himoya choralarini batafsil ko’rib chiqaylik.
Maftunkor Egey sohillari
Turkiyaning go’zal Egey sohilida kutilgan yoz mavsumi boshlanar ekan, ushbu manzarali va maftunkor qirg’oq bo’ylab sayohat unutilmas onlarni hadya etadi. Ayvalikdan Datchagacha cho’zilgan moviy va yashil landshaftlar, toza plyajlar, tarixiy maskanlar, yangi dengiz mahsulotlari, mazali zaytun moyi taomlari va mahalliy Egey sharoblari aql bovar qilmas tajriba taqdim etadi.
Yevropa chempionati xavfsizligi masalasi qanday yechilmoqda?
Turkiyaning afsonaviy muzeylari
Onado‘li o’tmish xazinalariga boy hudud bo‘lib, dunyoning eng qadimgi sivilizatsiyalari va tarixda ko’plab ilklarning vatani bo‘lgan. Bugun Turkiyaning qayeriga bormang, bu yerlar o‘zining tarixiy boyliklari bilan sizni maftun etadi va tashrif buyuruvchilarga unutilmas tajriba taqdim etadi. YuNESKOning Jahon merosidan tortib arxeologiya muzeylariga qadar boy xilma-xillikka ega Turkiya madaniy merosni muhofaza qilish va muzeyshunoslikni dunyo miqyosida ommalashtirish maqsadida har yili 18-24 may kunlari o’tkaziladigan Muzeylar haftaligining ham ayni vaqtda manzilidir.
21-27 may kunlari dunyo bo‘ylab Turk oshxonasi haftaligi bo‘lib o‘tadi
Unumdor geografiyaning lazzatlari va qadimiy an’analarini o’z ichiga olgan Onado’lining boy gastronomiya madaniyatining keng ko‘lamli Turk oshxonasi haftaligi 2024-yilning 21-27 may kunlari butun dunyo bo’ylab nishonlanadi. Uchinchi yil o‘tkazilayotgan bu haftalik doirasida Turkiyada va Turkiya Respublikasining xorijdagi vakolatxonalarida turli tadbirlar va ijtimoiy media kampaniyalari o‘tkaziladi. Turk oshxonasi haftaligi davomida barqaror turk oshxonasining mazali, sog’lom, an’anaviy va chiqindisiz retseptlari bilan batafsil tanishib chiqiladi. Bu yilgi xalqaro tadbirlarda mamlakat tarixi, madaniyati va tabiatining jonli uyg’unligini aks ettiradigan turk gastronomiyasining Egey uslubidagi taomnomasi taqdim etiladi.