Uy-joy ijara narxlari qimmatlashdimi / arzonlashdimi?

Uy-joy ijara narxlari qimmatlashdimi / arzonlashdimi?

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hududlar kesimida joriy yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida uy-joy ijara narxlarini tahlil qildi.

  1. Toshkent shahri tumanlari kesimida o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun taklif etilayotgan ijara narxlari 2023-yilning oktyabr oyida o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan o‘rtacha 6 foizga, 2 xonali uylar uchun 7,7 foizga, 3 xonali uylar uchun 13,9 foizga hamda 4 xonali uylar uchun 13,1 foizga tushgan. Bunda 1 xonali uylar uchun ijara narxlarining eng yuqori tushishi Uchtepa (-26,9 foiz), Yunusobod (-17,5 foiz), Yakkasaroy (-14,7 foiz), Olmazor (-11,4 foiz) kuzatilgan bo’lsa, qolgan tumanlarda 10 foizdan kam tushish qayd etilgan. 2 xonali uylar uchun Bektemir (-20,2 foiz), Yunusobod (-13,7 foiz), Yashnobod (-12,8 foiz), Olmazor (-10,8 foiz) hamda Mirzo Ulug’bek (-10,3 foiz) tumanlarida ijara narxlari 10 foizdan ko‘proq tushgani aniqlandi. 3-xonali uylar uchun Olmazor (-22,2 foiz), Mirzo Ulug‘bek (-21,6 foiz), Yashnobod (-20,9 foiz) va Shayxontohur (-18,6 foiz) tumanlarida ijara narxlari 10 foizdan yuqori tushganligi kuzatildi. 4 xonali uylar uchun Sergeli (-28,6 foiz), Yunusobod (-25,8 foiz) va Mirzo Ulug‘bek (-24 foiz) tumanlarida ijara narxlarida 20 foizdan ko‘proq tushish kuzatildi.

  2. Bir yil ichida to‘liq ta’mirlangan uylar uchun ijara narxlari Toshkent shahrida o‘rtacha 9,9 foizga tushgan. Bunda 1 xonali uylar uchun Uchtepa (-16,7 foiz), Yakkasaroy (-15,5 foiz) va Mirobod (-15,4 foiz) tumanlarida ijara narxlari 15 foizdan ko‘proq tushgani kuzatildi. 2 xonali uylar uchun Olmazor (-15 foiz), Yashnobod (-11,3 foiz), Yakkasaroy (-10,8 foiz) hamda Uchtepa (-10,7 foiz) tumanlarida ijara narxlari 10 foizdan ko‘proq tushgan. 3 xonali uylar uchun Uchtepa (-20,7 foiz) va Olmazor (-20 foiz) ijara narxlarida eng yuqori tushish qayd etilgan. 4 xonali uylar uchun Yakkasaroy (-29,7 foiz) va Chilonzor (19,8 foiz) tumanlarida ijara narxlarining tushishi kuzatilgan.