Farg`onada belaruslik shifokorlar tomonidan tug`ma yurak nuqsoni bo`lgan bolalar operatsiya qilindi

Farg`onada belaruslik shifokorlar tomonidan tug`ma yurak nuqsoni bo`lgan bolalar operatsiya qilindi

Farg`ona viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazida Belarussiya shifokorlari ishtirokida tibbiy ko`rik, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari, mahorat darslari, konsilium va seminarlar tashkil etilmoqda.

Ayni kunlarda O`zbekistonda O`zbekiston – Belarus sog`liqni saqlash va tibbiyot ta`limi kunlari bo`lib o`tmoqda, deya xabar qilmoqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.

Uning doirasida Farg`ona viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazida ushbu mamlakat shifokorlari ishtirokida tibbiy ko`rik, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari, mahorat darslari, konsilium va seminarlar tashkil etilmoqda.

Aksiya oldidan ochilish tadbiri o`tkazilib, undan so`ng, viloyatning barcha shahar va tumanlaridan kelgan bolalar uchun Minsk shahridagi Respublika bolalar xirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokorlari tomonidan tibbiy ko`rik amalga oshirildi.

Shu kunning o`zida xorijlik va mahalliy mutaxassislar hamkorligida 2 nafar tug`ma yurak nuqsoni bo`lgan bolalarda murakkab jarrohlik amaliyoti bajarildi.