Bekzod Mavlonov Prezident maslahatchisi bo‘ldi

Bekzod Mavlonov Prezident maslahatchisi bo‘ldi

Bekzod Mavlonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Bekzod Mardonovich Mavlonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi”, deydi Asadov.

Yangi lavozimga tayinlanishi munosabati bilan Bekzod Mavlonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari lavozimidan ozod etilgan.