Fevralda yonilgʻi va yoʻlkira narxlari keskin oshgan — Markaziy bank soʻrovnomasi

Fevralda yonilgʻi va yoʻlkira narxlari keskin oshgan — Markaziy bank soʻrovnomasi

Markaziy bank fevral oyi uchun aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi.

Unga koʻra, aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foizni tashkil qilgan. Hududlar kesimida inflyatsiyaning eng yuqori darajasi Toshkent shahri – 16,1 foiz va Sirdaryo viloyatida – 13,9 foiz, eng past darajasi esa Qoraqalpogʻiston – 9,1 foiz va Xorazm viloyatida – 10,7 foiz sezilgan.

Soʻrovnomada qatnashganlarning katta qismi benzin va yoqilgʻi hamda yoʻlkira va tashish xizmatlarini narxlarida yuqori oʻsish kuzatilgan asosiy turdagi tovar va xizmatlar sifatida qayd etgan. Bunga fevral oyining oxiri va mart oyining boshlarida butun respublika boʻylab gaz yetishmasligi sababli metan yoqilgʻi quyish shoxobchalarining toʻliq yopilishi yoki faoliyatining cheklanishi taʼsir koʻrsatgan boʻlishi mumkin.