Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Yaponiya Bosh vaziri tomonidan qabul qilindi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Yaponiya Bosh vaziri tomonidan qabul qilindi

ashrif bilan Tokioga borgan Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida tomonidan qabul qilindi.

“Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimiz biz uchun sharafdir, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomlarini yetkazdik. Suhbatimiz siyosiy muloqotdan tortib, madaniy almashinuvlargacha boʻlgan keng koʻlamli ikki tomonlama masalalarni qamrab oldi. Tashqi ishlar vazirliklari bundan keyin ham strategik hamkorligimizni yanada mustahkamlashda muhim oʻrin tutadi”.