Shahboz Sharif yana Pokiston Bosh vaziri bo‘ldi

Shahboz Sharif yana Pokiston Bosh vaziri bo‘ldi

“Pokiston musulmon ligasi” (PML) raisi Shahboz Sharif Pokistonning yangi Bosh vaziri etib saylandi. Mamlakat Milliy assambleyasidagi (parlamentning quyi palatasi) ovoz berish jarayoni PTV News telekanali tomonidan namoyish etildi.

PML vakili, spiker Sardor Ayoz Sodiq raisligidagi Milliy Assambleya yig‘ilishi “Birlashgan Sunniy Kengashi” pariyasi deputatlari tomonidan uyushtirilgan norozilik namoyishi tufayli bir soatdan ortiq kechikish bilan boshlandi.

Yangi chaqiriq parlamenti quyi palatasining 336 nafar deputatidan 201 nafari PML yetakchisiga ovoz berdi. Uning Pokiston hukumati rahbari lavozimi uchun kurashdagi raqibi, Milliy assambleyaning yangi chaqiriq deputatligiga mustaqil nomzod sifatida kirgan “Adolat harakati” partiyasi bosh kotibi Umar Ayub Xon 92 ovoz oldi.

Ko‘pchilik ovozi bilan g‘alaba qozongan Shahboz Sharif ertaga, 4 mart kuni qasamyod qiladi.

Ma’lumot uchun, Sharif 2022 yilning aprelidan 2023 yilning avgustigacha Pokiston hukumatini boshqargan.