Farg‘onada erkak va uning ikki farzandi gazdan zaharlanib vafot etdi

Farg‘onada erkak va uning ikki farzandi gazdan zaharlanib vafot etdi

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi, deb xabar berdi  Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayat Shamsutdinov.

Qayd etilishicha, tumanning “Abodon” ko‘chasida yashovchi 51 yoshli erkak va uning 2 farzandi, 12 yoshli qizi va 11 yoshli o‘g‘li o‘z xonadonida gazdan zaharlanib vafot etgan. .

Tekshiruv davomida marhum yashagan xonadonda nostandart qo‘lda isitish pechidan foydalanilgani aniqlangan.

Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.