Qanday qurollar bilan baliq ovlash taqiqlanishi belgilandi

Qanday qurollar bilan baliq ovlash taqiqlanishi belgilandi

Hukumat qaroriga ko‘ra, tabiiy suv havzalarida quyidagilar bilan baliq ovlash taqiqlanadi:

yoyma to‘rlar (nakidka);
ikki tomonlama mahkamlanadigan 10 tadan ortiq ilgakli vositalar (peremet);
maxsus tamg‘alanmagan va hisobga olinmagan har qanday to‘rlar;
changakli ovlash vositalari (astraga);
elektr qarmoq;
mahkamlanadigan tuzoqsimon to‘rlar (venter, mordushka) va boshqa baliq ovlashning brakonyerlik qurollari.