Suriya Isroilga qarshi urushga tayyorligini e’lon qildi

Suriya Isroilga qarshi urushga tayyorligini e’lon qildi

Suriya Isroilga qarshi bir necha bor urush olib borgan va yana ko‘plar urushlarga tayyor. Bu haqda Suriya tashqi ishlar vaziri Feysal Miqdodga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Suriya sionistik tuzumga (Isroil) qarshi bir necha urushlar olib bordi va boshqa urushlarga tayyor. Qachon va qayerda bo‘lishini Suriya hal qiladi”, — dedi Suriya tashqi ishlar vaziri.

U Damashqda Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida tegishli fikrni bildirgan. Feysal Miqdod mamlakat hududining bir qismini Isroil, AQSH va Turkiya tomonidan bosib olinishi noqonuniy ekanini qo‘shimcha qilib, Suriya “o‘z yerlarini ozod qilishga tayyor” ekanini ta’kidladi.

Abdullohiyan 11-fevral kuni bir qator Suriya rasmiylari bilan muzokaralar olib borish uchun Damashqqa keldi. Suriya prezidenti Bashar al-Assad Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvda Isroilga qurol yetkazib berishda davom etayotgan AQSHning harakatlari Yaqin Sharqdagi mojaro ko‘lamini kengaytirishga tahdid solayotganini aytdi.

So‘nggi paytlarda Isroil Suriya hududiga, jumladan Damashqqa bir necha bor zarbalar berdi.