Rossiyalik kosmonavt orbitada uzoq vaqt qolish boʻyicha jahon rekordini yangiladi

Rossiyalik kosmonavt orbitada uzoq vaqt qolish boʻyicha jahon rekordini yangiladi

4-fevral kuni rossiyalik kosmonavt Oleg Kononenko kosmosda boʻlgan umumiy vaqt boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi va orbitada 878 kundan ortiq boʻlgan vatandoshi Gennadiy Padalkani ortda qoldirdi.

Bu haqda Rossiya kosmik korporatsiyasi xabar bermoqda. Kononenko koinotda 1000 kun, yaʼni 5-iyungacha qolishi kutilmoqda va sentyabr oxiriga kelib, u kosmosda 1110 kunini oʻtkazadi.