O‘zbekistonda Malayziya mahsulotlarini sotuvchi do‘konlar tarmog‘i paydo bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda Malayziya mahsulotlarini sotuvchi do‘konlar tarmog‘i paydo bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasida KK Super Companies guruhi rahbari Kin Chay bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Malayziya kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma investisiya loyihalari muhokama qilindi.

“Malayziya tomoni ishbilarmon doiralar vakillari bilan hamkorlikka qiziqish bildirdi. Malayziyadagi KK Super Mart brendi supermarketlar tarmog‘i mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Tomonlar O‘zbekistonda chakana savdo do‘konlari tarmog‘ini yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar, shuningdek, Malayziyada o‘zbek mahsulotlari savdo uyini tashkil etishga kelishib oldilar.