Maishiy texnika importiga antidemping boji o‘rnatish rejalashtirilmagan — “O‘zeltexsanoat”

Maishiy texnika importiga antidemping boji o‘rnatish rejalashtirilmagan — “O‘zeltexsanoat”

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev raisligidagi hukumat komissiyasiga elektrotexnika korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar ko‘rish vakolati berildi. Avvalroq bu komissiya maishiy texnika importiga antidemping bojlari joriy etish bo‘yicha taklif kiritish topshirig‘ini bergandi. “O‘zeltexsanoat”ning ma’lum qilishicha, o‘rganish xulosalariga ko‘ra yangi turdagi bojni kiritish reja qilinmagan.