Andijonlik elektr va gaz o`g`rilaganlar aniqlandi

Andijonlik elektr va gaz o`g`rilaganlar aniqlandi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilganini ma`lum qildi.

Andijon viloyatining Jalaquduq va Marhamat tumani bo`limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda YaTT O.S., «M.A.» MChJ mas`ul shaxslari va «S.» fermer xo`jaligi rahbari A.O. umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o`zboshimchalik bilan tijorat maqsadida ulanib, jami 266,5 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Andijon shahar va Qiziltepa tuman bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda «R.f.» MChJ mas`ul shaxslari hamda fuqarolar Z.K. va N.J. umumiy ovqatlanish shoxobchasi va noturar binosini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmog`iga ulab, jami 124,7 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.