Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universiteti faoliyati yo‘lga qo‘yildi

“Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

💬 Unga ko‘ra, Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan talabalar o‘qishlarini universitetda davom ettiradi va 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga universitet diplomi beriladi.

✅ 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab:

➡️universitetda aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, logistika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;

➡️dars mashg‘ulotlarini amaliyot bilan birga tashkil etish maqsadida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim jarayoni dual ta’lim shaklida yo‘lga qo‘yilib, korxona va tashkilotlarda kafedra filiallari tashkil etiladi;

↪️yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha xorijiy davlatlar va respublikadagi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari bilan ikkita diplom berishga asoslangan qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi;

↪️alohida guruhlarda bakalavriat va magistratura bosqichlarida ta’lim jarayoni xorijiy tillarda tashkil etiladi hamda ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishga tayyorlanadi.

◀️2025-yil 1-yanvardan boshlab universitetga akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqillik beriladi.