Malaka toifa sinovlari boshlandi.

Bugun maktabgacha, umumtaʻlim va maktabdan tashqari taʻlim muassasalari pedagoglari uchun malaka toifa sinovlari boshlandi. Bu jarayonda 150 mingdan ortiq hamkasblarimiz ishtirok etadi.

Eʼtiborli jihati, mazkur toifa sinovlarida 136 ming pedagog navbatdan tashqari qatnashish istagini bildirgan. Shundan ham bilish mumkinki, toifa sinovlarini oʼtkazishning shaffof tizimi yaratilgani o‘qituvchilarimizda ishonch va katta qizish uyg‘otgan.

O‘tgan malaka sinovlarida yetarli natijaga ko‘rsata olmagan pedagoglarimiz yana o‘z ustilarida ishlab, bu galgi test savollariga puxta tayyorgarlik ko‘rganlariga ishonaman. Chunki kerakli toifaga ega bo‘lish uchun bilim va mahoratdan boshqa yo‘l yo‘qligini hamma ko‘rdi, bildi.

9-25-oktabr kunlari pedagoglarimiz test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish tartibi hamda namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishdilar. Bu ham ularning yaxshi natijalar ko‘rsatishlariga yordam beradi albatta.

Aziz hamkasblar, 16-noyabrga qadar o‘tkazilishi belgilangan malaka sinovlarida barchangiz muvaffaqiyatli ishtirok etasiz degan umiddamiz.