Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Pokiston prezidenti qabulida boʻldi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Pokiston prezidenti qabulida boʻldi

Uchrashuv kun tartibida iqtisodiy diplomatiyadagi muhim imkoniyatlarni koʻrsatuvchi keng koʻlamli mavzular muhokama qilindi.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy qabulida boʻldi. Bu haqda vazir Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.

Unga koʻra, uchrashuv kun tartibida iqtisodiy diplomatiyadagi muhim imkoniyatlarni koʻrsatuvchi keng koʻlamli mavzular muhokama qilingan.

«Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy janobi oliylari tomonidan qabul qilinganimizdan gʻoyat mamnunmiz. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylarining samimiy salomlarini yetkazdik. Ikki tomonlama munosabatlarimizda hali foydalanilmagan ulkan salohiyatni roʻyobga chiqarishga qaratilgan Oʻzbekiston — Pokiston aloqalarini kengaytirish tarafdorimiz. Biz davlat tashkilotlari va xususiy sektor vakillari oʻrtasida mustahkam hamkorlikni ragʻbatlantiramiz», deb yozadi Baxtiyor Saidov.