O’zbek multfilmi Qozog’istondagi festivalda birinchi o’rinni egalladi

O’zbek multfilmi Qozog’istondagi festivalda birinchi o’rinni egalladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatining xabar berishicha,  Qozog’istonning Olmaota shahrida o’tkazilgan birinchi xalqaro «Farabi Film Festival»da yosh o’zbek multiplikatori Jamshid Atambayevning «Sog’inch» multfilmi «Eng yaxshi animatsion film» yo’nalishida birinchi o’rinni egalladi. Jamshid Atambayev hozirda O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti talabasi bo’lib, kinooperator va rejissyor Iqbol Meliqo’ziyev ijodiy ustaxonasi tinglovchisi hamdir.

Ushbu animatsion filmda bir yigitning o’zi va onasi orzu-maqsadlarini amalga oshirish yo’li haqida so’z boradi. Filmning asosiy g’oyasi onalarni qadrlashga qaratilgan.