Futbol boʻyicha mahalla terma jamoalari oʻrtasida ikki bosqichli “Mahalla ligasi” oʻtkaziladi

Futbol boʻyicha mahalla terma jamoalari oʻrtasida ikki bosqichli “Mahalla ligasi” oʻtkaziladi

Qarorga koʻra, mahallalarda namunaviy tipdagi sport inshootlarini barpo etishda jamoaviy sport turlariga ustunlik beriladi.

Quyidagilar:

har yili 1-yanvargacha mahallalarda oʻtkaziladigan futbol musobaqalari, chempionat va turnirlarning alohida yillik kalendar rejasi tasdiqlab boriladi;

mahalla terma jamoalarining 12–15 yosh toifalari oʻrtasida ikki bosqichli “Mahalla ligasi” va 16–30 yosh toifalari oʻrtasida uch bosqichli DXX kubogi musobaqalarini oʻtkazish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

2024/2025 oʻquv yiligacha “Mahalla ligasi” musobaqalarida oʻz iqtidorini namoyon etgan eng iqtidorli futbolchi yoshlarni saralab olish (seleksiya) orqali hududiy futbol va sport maktablari hamda futbol akademiyalariga yoʻnaltirib borish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

2024-yildan barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 8–11-sinf oʻquvchilari orasidan bir nafar maktab futbol yetakchisini tanlab olish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.