Qashqadaryoda quvvati 300 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi

Qashqadaryoda quvvati 300 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi

Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy va texnik koʻmagida Qashqadaryo viloyatida quvvati 300 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 75 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimi davlat-xususiy sheriklik asosida quriladi.

Ushbu loyiha boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro tender natijalariga koʻra, “Abu Dabi Future Energy Company – Masdar” gʻolib deb topilgan. Loyihani amalga oshirish uchun xususiy sherik sifatida “Nur Kashkadarya Solar PV” MCHJ taʼsis etilgan.