AQSH va Germaniyada “Oʻzbekiston IT-kunlari” xalqaro tadbirlari oʻtkaziladi

AQSH va Germaniyada “Oʻzbekiston IT-kunlari” xalqaro tadbirlari oʻtkaziladi

“Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-87-son, 26.02.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, quyidagilar amalga oshiriladi:

— Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda IT-sanoatni rivojlantirish, aholini yuqori daromadli ish oʻrinlari va zamonaviy kasblar bilan taʼminlash, shuningdek, hududlarga IT-xizmatlar eksport qiluvchi korxonalarni keng jalb qilishga qaratilgan dastur (Zero Risk);

— mahalliy bozor uchun IT-xizmatlar koʻrsatish sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarni xalqaro IT-bozorga olib chiqish, ularning eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha loyiha (Local to Global).

2024-yilda Germaniya va Saudiya Arabistonida asosiy faoliyati mahalliy korxonalar uchun IT-xizmatlar boʻyicha buyurtmalarni jalb qilishga qaratilgan IT-park vakolatxonasi (filiali) faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Bunda, IT-park direksiyasiga mazkur xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalar (filiallar) faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun 2027-yil 1-yanvargacha har bir vakolatxona (filial)ga yiliga 200 ming AQSH dollari ekvivalentigacha moliyalashtirish uchun mablagʻ yoʻnaltirishga ruxsat beriladi.

Xorijiy mamlakatlarda muntazam ravishda, shu jumladan 2024-yilda AQSH va Germaniyada “Oʻzbekiston IT-kunlari” xalqaro tadbirlari oʻtkaziladi.