Virusli gepatit «B» qarshi 3-tur emlash jarayoni boshlandi

Virusli gepatit «B» qarshi 3-tur emlash jarayoni boshlandi

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatli Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, yurtimizda virusli gepatit bilan kasallanishning oldini olish bo’yicha reja asosida doimiy emlash ishlari olib borilmoqda. 2022-yilda Toshkent shahridagi Respublika hamda shahar tassaruffidagi davolash profilaktika muassasalarining 6 948 nafar bevosita qon bilan ishlaydigan tibbiyot xodimlarini 1-bosqichda 3 ta tur bilan virusli gepatit “B” kasalligiga qarshi emlash bilan qamrab olingan edi.

O’tgan 2023-yilda 2-bosqich 2 ta tur bilan virusli gepatit “B” kasalligiga qarshi emlash tadbirlari tashkil etilib, rejalashtirilgan 10 420 nafar tibbiyot xodimlaridan, 10 419 nafari emlash bilan qamrab olindi.

Tibbiyot xodimlarini emlash uchun davolash profilaktika muassasalarida (DPM) gi 100 ta emlash punktlarida 100 nafar shifokorlar, 100 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari va 100 nafar qo’shimcha registratorlar jalb etildi. Emashdan so‘ng bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush reaksiyalar uchun DPMlarida jami 8 ta o‘rinlar shay holatga keltirildi. Emlashdan so‘ng nojo’ya holatlar kuzatilmadi.

Qayd etish joizki, joriy yilda DPM larda qon bilan bevosita ishlaydigan tibbiyot xodimlarini Virusli gepatit «B» ga qarshi 3-tur emlash uchun 2 084 (1 flakon — 5 doza) vaksina Toshkent shahri uchun ajratildi.

Shundan Mirobod tumaniga 58, M. Ulug’bek tumaniga 280, Shayxontohur tumaniga 178, Yunusobod tumaniga 256, Yakkasaroy tumaniga 30, Chilonzor tumaniga 352, Sergeli tumaniga 24, Yashnobod tumaniga 378, Olmazor tumaniga 300, Uchtepa tumaniga 190, Bektemir tumaniga 14, Yangihayot tumaniga 24 flakon vaksina taqsimot asosida tarqatildi va vaksinalar sovuqlik zanjiriga rioya etilgan holda hududiy bo’limlarga yetkazildi.

Shuningdek, 2023-yilda rejalashtirilgan emlanuvchilar soni umumiy 10 419 tani tashkil etgan bo’lib, ushbu tarqatilgan vaksinalar asosida rejadagi barcha shaxslar to’liq emlash bilan qamrab olinadi.