Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 49- yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruza haqidagi masala ham o’rin olgan. Ushbu masala yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov ma’ruza qilishi rejalashtirilgan.
Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube (https://youtu.be/j1j6Dk6GrwI) tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.