Nima uchun O’zbekistonda kreditlash foizlari yuqori?

Nima uchun O’zbekistonda kreditlash foizlari yuqori?

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kredit foizlari yuqorilashmoqda. Bunga esa bir qancha sabablar bor.

Keling, bugun mana shu sabablardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz:

👍 Yuqori inflyatsiya darajasi

O’zbekistonda inflyatsiya darajasi nisbatan yuqori bo’lib, bu kredit foizlariga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qiladi.

Banklar kredit berishda inflyatsiyani hisobga olishga majbur, chunki inflyatsiya oshishi bilan pulning qadri tushib ketadi. Bu xavfni qoplash uchun banklar foizlarni oshirishadi.

👍 Xatar va moliyaviy barqarorlik omillari

Banklar kredit berishda qaytarilmaslik xavfini hisobga oladi. Kreditlar qanchalik xavfli bo’lsa, bank foizlarni shunchalik yuqori belgilaydi.

O‘zbekistonda ko’plab kichik va o’rta bizneslar yangi bo’lib, barqaror daromadga ega emas, bu esa kreditlarning qaytarilishiga bo’lgan xavfni oshiradi.

👍 Resurslar yetishmasligi

Ko‘pgina banklarda yetarli pul mablag‘lari yo‘qligi sababli, ular bor resurslarini asosan kreditlarga yo‘naltirishadi.

O‘zbekistonda katta miqdordagi pul mablag‘lari bilan ishlaydigan moliyaviy bozorlar cheklangan, shuning uchun kreditlar qimmatroq bo‘ladi.

👍 Markaziy bankning stavkalari

Markaziy bankning asosiy stavkalari ham tijorat banklarining kredit stavkalariga ta’sir qiladi.

Ushbu postni kredit foizlari yuqoriligidan doim noliydigan do’stingizga yuborib qo’ying)

Manba: Pulli gap